Olmaliqda ijod bayrami o‘tkazildi

Toshkent viloyatidagi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati madaniyat saroyida ajoyib ijod bayrami o‘tkazildi.

Kombinat ishchi-xizmatchilari, faxriylari, shahar mahallalarining faollari kelgan davrada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir va dramaturg Farmon Toshev o‘zining yangi she’rlarini o‘qib berdi. Shuningdek, mehmon to‘planganlarga O‘zbekiston davlati siyosatining bugungi dolzarb yo‘nalishlari xususida ham tushunchalar berdi. Muallif yoshlarga, faol ziyolilarga o‘z kitoblarini taqdim etdi.

Shundan so‘ng O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Samarqand maqom ansambli jamoasi xonanda va sozandalari yangi dastur asosida Olmaliqlik shinavandalarga konsert dasturi namoyish etdilar. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Erkin Qaytarov, xushovoz xonanda Tursunoy Jo‘rayevaning dilrabo qo‘shiqlari davraga o‘zgacha fayz kiritdi. Darvoqe, ushbu ansambl sal ilgariroq Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishchi xazmatchilari uchun ham ana shunday dasturlarini havola etib qaytgan edi.

Kombinat ma’muriyati ijodiy anjuman yakunida ijodkor va san’atkorlarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.