Olmaota fuqarosi sud ijrochilariga qarata o‘q uzdi

Olmaotada yashovchi fuqaro sud ijrochilari va politsiya xodimlariga qarata amalga oshirgan otishma oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. O‘t ochgan shaxs hibsga olindi, deya xabar beradi shahar IIB matbuot xizmati.

Voqea bugun, 20 sentyabr kuni soat 17:00 (Toshkent vaqti bilan 16:00) da Oqbuloq mikrorayonida sodir bo‘lgan.

“Xususiy uylardan birida ko‘chirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘i ijrosi vaqtida uy egasi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro D. tajovuzkorlik ko‘rsatib, sud ijrochilari, militsiya uchastkasi inspektorlari, favqulodda vaziyatlar departamenti xodimlariga o‘q uzdi", deyiladi politsiya xabarida.

Besh kishi, jumladan, ikki politsiyachi hayot uchun xavfli jarohatlar olgan va halok bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, o‘t ochgan kishi zararsizlantirilib, qo‘lga olingan. Hozirda vaziyat nazorat ostida. Jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov boshlangan.