"Oltin" kimniki?
Oltinni turli xalqlar turlicha ataydi. Ruslar zoloto, polyaklar zlato, nemislar golden, finlar kultien, inglizlar gold, mo‘g‘ullar alt, turklar altın va hokazo. Ingliz, nemis, rus va boshqa slavyan tillari hind-Yevropa oilasiga kiradi. Ko‘plab Yevropa tillari uchun asos bo‘lgan lotin tilida esa oltinni aurum deyishgan.
Bugungi fransuzcha or, ispan va italyan tillaridagi oro ham lotincha o‘zakka ega. Demak, bu so‘z german va slavyan tillariga borib yetmagan, ular bu so‘zni prototurk tillaridan olishgan. Qadimgi ajdodlarimiz 1300 yil avval O‘rxun - Yenisey bitiklarida oltin (altun) so‘zini ishlatgan. Rus davlatchiligining poydevorini tashkil etgan Oltin O‘rda davlatida oltin asosiy pul vositasi edi. 1380 yilgi rus manbalarida ham altin so‘zi pul birligi ma’nosida ishlatilgan. Ruslar zoloto so‘zini latish tilidagi zelten so‘zidan kelib chiqqan, deyishadi.
Aslida, hammasining o‘zagi bitta, turkiy tildagi altin so‘ziga borib taqaladi. Taxminlarga ko‘ra, bu so‘zning eskiroq shakli (altan) milodiy l asrlarda xunlar bilan birga Yevropaga kirib borgan. Keyinchalik, slavyanlar bu so‘zni zlatan, anglo-sakson qabilalari galten tarzida ishlata boshlagan. Gollandiyada yaqin-yaqingacha pul birligi gulden deb atalgan. Xullas, qadimgi ajdodlarimiz Yevropa madaniyati va tillariga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.