Omadli siyosatchi bo‘lish uchun Rossiya bilan ziddiyatga borish shart emas

Ba’zida Prezident Zelenskiy Vasiliy Goloborodkoning dramatik mag‘lubiyati haqida so‘z boradigan “Xalq xizmatkori” (“Sluga naroda” Zelenskiy bosh rolni ijro etgan) filmining navbatdagi qismi uchun ssenariy yozishni boshlagandek tuyuladi.

Asrlar almashinuvi - bu oldinga qadam tashlash, albatta. Ammo Donetsk Xalq Respublikasi (DXR) va Lugansk Xalq Respublikasi (LXR) hududlarida sodir bo‘layotgan tinimsiz otishmalar, Minsk bitimlarini buzayotgan harakatlar, Ukraina doirasida avtonom Donbassiz tomonlar o‘rtasida (Rossiya va Ukraina) hech qanday yarashuv bo‘lishi mumkin emasligini his qilayotgan G‘arbni charchatdi.

Rossiya agressiyasi haqida qachongacha jar solish mumkin? Borgan sari Ukraina kam tinglanyapti. Chunki Rossiya bilan Qrimning birlashuvi - “loyqalangan maydon” nayrangi ta’sirida sodir bo‘lganini juda yaxshi bilishadi. Xususan, Rossiyadan nafratlanuvchi millatchilar, shu bilan birga, Sevastopoldagi bizning harbiy-dengiz bazamiz yo‘q qilingan taqdirda, NATO tomonidan yuzaga keladigan yashirin xavf mavjudligini anglab turibmiz.

Ukrainadagi inqiroz – bu olib borilgan agressiv antirossiya siyosati va har qanday yo‘l bilan o‘ylamasdan Yevropaga yaqin bo‘lishga urinishning oqibati. G‘arb bilan yaqinlashish maqsadida Rossiyaga loy chaplashni vazifa deb hisoblovchi Ukraina rahbariyati qanday mantiqqa asoslanayotgani tushunarsiz holat.

Sobiq ittifoq hududining yangi davlatlari Rossiya bilan turlicha munosabatlarda bo‘lishmoqda. Biroq bu holat ularning Yevropa va AQSh bilan ajoyib aloqalar o‘rnatayotganligiga xalaqit qilmayotgani barchaga ma’lum.

Bundan Gruziya mustasno hisoblanadi. Ammo bugungi kunda uning siyosati ham RFga nisbatan bir muncha o‘zgardi. U yerda “moskallarni (moskvaliklar) yakson qilishga” yoki rus tilida so‘zlashuvchi aholi huquqlarini cheklashga undovchi siyosatchilar deyarli qolmadi. Rossiya bilan do‘stlik munosabatlari eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan bir vaqtda nima sababdan, to‘satdan Yevropa tomon yo‘nalish olish boshlanganini tushunish qiyin. Yevropa bilan yaqin bo‘lish uchun qo‘shnini oyoqlar bilan ezg‘ilash shartmi? Ikkinchi jahon urushida sobiq ittifoqning aybi borasida siyosiy safsata aytish shartmi? Yoki Zelenskiy haqiqatdan ham polyaklar to‘satdan Volinda va Polshaning Lvovida bo‘lib o‘tgan banderovchilar qirg‘inini unutib, Ukrainani yaxshi ko‘rib qoldi, degan fikrdami? Yana bir-ikki yildan so‘ng o‘zining banderovchilari bilan tinimsiz ehson so‘rovchi Ukrainadan Yevropa qochishni boshlaydi.

Zelenskiy turli siyosiy kuchlar bilan o‘yin qilayotganini Kreml juda yaxshi tushunib turibdi. Biroq hozircha biz harbiy jinoyatchi Banderaga sharaf aytilayotganini, Ukrainani fashistlardan qutqargan sobiq ittifoq sarkardalari sharafiga o‘rnatilgan yodgorliklar yo‘q qilinayotganini ko‘ryapmiz. Banderovchilarning “shamshirlar o‘yinini” allaqachon to‘xtatish vaqti kelgan.

Rossiya ilgarigidek, Ukrainaga do‘stlik qo‘lini cho‘zmoqda. Lekin u Kravchuk, Kuchma kabi yetakchilarning “do‘stligidan” to‘ygan. Aynan ular mamlakatni shu ahvolga soldi. Bir vaqtlar ukrainalik hajviyachi Ostap Vishnya bu vaziyatni ko‘ra bilgan edi. Faqatgina Rossiya bilan o‘rnatiladigan samimiy do‘stlik – prezident Zelenskiyning siyosiy va iqtisodiy muvaffaqiyati garovi bo‘la oladi.

“Yevropa bizga yordam beradi” degan xom xayolga berilmaslik kerak. Ukrainaning asosiy homiysi hozircha AQSh bo‘lib turibdi. Biroq Tramp juda o‘zgaruvchan, u istalgan vaqtda Ukrainaga teskari qarashi mumkin. Yevropa ham biroz muddatdan so‘ng Kiyevga bepul jilmayishni kamaytirib, Rossiya bilan aloqalarini tiklaydi. Keyin nima bo‘ladi?

RF tashqi razvedkasi iste’fodagi polkovnigi, yozuvchi Mixail LYuBIMOV. (“AiF” №10, 2020 yil).