Ommaviy axborot vositalari - jamiyat ko‘zgusi

Samarqand shahrida Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda viloyatimizdagi tahririyatlarda mehnat qilayotgan faol ijodiy va texnik xodimlar, nashriyotlar vakillari, hokimlik va tashkilotlarning axborot xizmati xodimlari hamda blogerlar qatnashdi.

Tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etib, matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini bayram bilan qutladi.

- Bir paytlar Samarqandda sodir bo‘lgan voqeadan shu hudud aholisi bexabar qolgan, - dedi E.Turdimov. – Bugun esa odamlar har qanday voqea-xodisa, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida mamlakatimizning chekka qishlog‘ida bo‘ladimi, horijiy davlatda bo‘ladimi darrov xabar topyapti. Bu esa ochiqlik, oshkoralik, so‘z erkinligiga qaratilayotgan e’tibor samarasi. Bugun har qanday rahbarni sergak tortirishda ham jurnalistlarning o‘rni alohida. Nafaqat rasmiy ommaviy axborot vositalari xodimlari, balki xolis fikri bilan ijtimoiy tarmoqlarda qatnashib yurgan fidoyilar, blogerlar ham jamiyat rivoji yo‘lida faol ekanligi quvonarli, albatta. 

O‘tkazilgan tadbirda “Samarqandning eng faol jurnalisti” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Shuningdek, bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlariga viloyat hokimligining tashakkurnomalar topshirildi.

To‘lqin SIDDIQOV,

Jasurbek ShUKUROV(surat).