Ommaviy axborot vositalarining xalqaro va global miqyosdagi kunlari

3 may. World Press Freedom Day. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va UNESCO tomonidan e’tirof etilgan, bosma va elektron matbuotni himoya qilishga bag‘ishlangan. Har yili matbuot erkinligi, media mustaqilligi va jurnalistlar xavfsizligini muhokama qilish uchun tashkil etiladi.

19 noyabr. International Journalist Day. Bu kun jurnalistlar esini yodga olish va ularning hayot xavfiga qaramay faoliyat yuritayotganini qadrlash kuni.

2 noyabr. International Day to End Impunity for Crimes against Journalists. Bu kuni jurnalistlar va media xodimlariga qarshi jinoyatlarda adolatsizlik bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratish uchun nishonlanadi.

2 iyul. World Sports Journalists Day. Bu kun sport jurnalistlarining professional muvaffaqiyatlarini xalqaro miqyosda tan olish maqsadida nishonlanadi.

Dunyoda jurnalistlar va media vakillarining kasbiy himoyasi va qadri turli formatlarda e’tirof qilinadi. Masalan, Avg‘onistonda 18 mart (27 Hoot) 2014 yildan boshlab National Journalist Day rasmiy e’tirof qilingan.

8 noyabr Xitoyda National Journalists Day. 1937 yilda tashkil topgan All China Journalists Association asos solgan.

Ukrainada 6 iyun jurnalistlar kuni sifatida belgilangan. Ukraina Jurnalistlar Ittifoqi 1992 yilda int.GAN a’zo bo‘lgan kunga bag‘ishlangan, 1994 yildan rasmiy bayram sifatida nishonlanadi.

Rossiyada  15 dekabr kuni Line of Duty - jurnalistlarning faoliyatda qurbon bo‘lganlariga hurmat e’lon qilinadi.

 Dunyo bo‘ylab rasmiy (davlat tomonidan boshqariluvchi yoki moliyalashtiriluvchi) ommaviy axborot vositalari bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil State Media Monitor loyihasiga ko‘ra 170 ta mamlakatda jami 601 ta davlat yoki jamoat boshqaruvidagi media kompaniyasi faoliyat yuritadi. Bu kompaniyalar tasarrufida 7000 ga yaqin media aktivlar (televideniye, radio, bosma nashrlar, yangilik agentliklari va portallar) mavjud.  Bu raqamlar global tarmoqning qanchalik keng va murakkab ekanini ko‘rsatadi.

Dunyo miqyosida rasmiy (davlat yoki jamoat boshqaruvidagi) ommaviy axborot vositalari kontinentlar bo‘yicha eng ko‘p rasmiy OAV Sub-Saharan Afrika va Osiyoda joylashgan.

 Sub-Saharan Afrika kontinentida jami 131 ta OAV bor va ularning 98 foizi davlat yoki hukumat bilan bog‘liq bo‘lib, 51 ta radio, 183 ta televideniye va 229 ta bosma nashr faoliyat yuritadi. Masalan, Tanzaniyada 183 radio, 43 telekanal, 229 gazeta va jurnal mavjud. Kontinentdagi 94 ta  OAV ustidan eng yuqori darajada davlat nazorati kuzatiladi. Bu umumiy davlat nazoratidagi media faoliyatining katta qismini tashkil etadi.

Osiyoda ham 94 ta davlat nazoratidagi OAV ro‘yxatga olingan. Bu ikkala kontinent umumiy rasmiy OAVlarning 53 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.

Birgina Hindistonda 500+ telekanal, shundan 80+ yangiliklar kanallari, 70 mingdan ortiq gazeta chop etiladi va dunyodagi eng yirik gazeta bozoriga ega.

Afg‘onistonda 107+ telekanal, 284 radio stansiya, yuzlab bosma nashr va 1800 dan ortiq yangilik tarqatuvchi vositalar bor.

Mo‘g‘uliston kichik aholisiga qaramay, 555 ta OAV mavjud hamda ularda 5 ming nafardan ortiq jurnalist faoliyat yuritadi.

Yevropada esa 31 ta to‘liq davlat nazoratidagi OAV bor.

Rossiyada 83 mingdan ortiq media vositalari, jumladan 37 foiz jurnallar, 28 foiz gazetalar, 11 foiz onlayn, 10 foiz televideniye, 7 foiz radio, 2 foiz agentliklar ro‘yxatga olingan.

Shimoliy Amerikada aniq raqamlar keltirilmagan bo‘lsa-da,  lekin global axborot tamoyillaridan AQSh va Kanada televideniye, radio, gazetalar va raqamli nashrlar bozorida yetakchi. 

Lotin Amerikasi davlatlaridan bo‘lgan Argentinada 150 dan ziyod gazeta, 100 dan ortiq radio, 15 ta yirik media kompaniya faoliyat yuritadi.

 O‘zbekiston misolida oladigan bo‘lsak, 2016 yil 1514 ro‘yxatdan o‘tgan OAV, 2024 yilda esa 2349 ta OAV (pressa, televideniye, radio, internet va hokazo... Shundan jurnallar 309 → 866 ta, telekanallar 65 → 89 ta,  internet-nashrlar 395 → 738 taga ko‘paygan. Bosma OAV (gazeta-jurnal) 691 → 600 ta (–15 foiz),  radio stansiyalar: 35 → 29 ta (–25 foiz)ga kamaygan.  

2016 yilda blogerlar soni 50 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib 1200 ga yetdi - +2400 foiz.

Internet-media 2016-2023 yillarda 395 → 745 ga ko‘paydi. Kuzatuvlarga ko‘ra, aholining taxminan 22 millioni, ya’ni 52 foizi internetdan foydalanadi. Telegram, Instagram va YouTube eng ommaviy ijtimoiy platformalar hisoblanadi.