Onlayn dars uchun tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Nega?

Prezident virtual qabulxonasidan ommatan kutilmaydigan murojaatlardan biri kelib tushdi.

Murojaat muallifi 2000 yilda Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan.

Murojaatga ko‘ra, fuqaro joriy yil sentyabr oyida internet tarmog‘i - instagram orqali ingliz tili darsi uchun Uzummarketda dars uchun oylik kredit olgan. Lekin ko‘zini jarrohlik amaliyoti qildirgani sabab onlayn darsga qatnasha olmagan.

Biroq plastik kartadan har oy pul yechib olinavergan. 10 kun ichida Uzummarket operatorlariga murojaat qilgan, ammo natija bo‘lmagan.

Holat hududdiy boshqarma mutaxassislari tomonidan to‘lig‘icha o‘rganilib, mazkur muammo bo‘yicha MyTeacher.uz xodimlariga bog‘lanib zarur tushuntirishlar berilgan. Natijada shartnoma bekor qilinib, bu holat takrorlanmasligi ma’lum qilingan.

E.To‘ychiyev,

viloyat raqobat boshqarmasi bosh mutaxassisi.