Amerikalik mutaxassis "Onlayn maktab"da ingliz tilidan dars o‘tadi

«Onlayn maktab» loyihasiga endi xorijlik mutaxassislar jalb etilmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu loyiha doirasida tasvirga olinayotgan umumta’lim maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari uchun ingliz tili darslarini o‘tishga madaniyat va ta’lim masalalari bo‘yicha amerikalik kotib (attashe) taklif etildi. Endi o‘quvchilarda ingliz tilini xorijlik mutaxassisdan o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Amerikalik mutaxassis o‘quvchilarga til o‘rganishning oson va samarali yo‘llari orqali ingliz tilini o‘rganishlarida ko‘maklashadi. Bu esa o‘z navbatida, ularning chet tilini o‘zlashtirishlarida ijobiy samara beradi.