Onlayn foydalanilgan davlat xizmatlari uchun davlat bojida 10 foiz imtiyoz taqdim etiladi
- 11.03.2021 12:05
- 66
- Samarqand
Bu haqda viloyat Matbuot uyida Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Qurbonov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.
Ta’kidlanishicha, fuqarolarimiz hamda tadbirkorlik sub’yektlari Davlat xizmatlaridan nafaqat markazlarda, balki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz manzili orqali ham onlayn tarzda foydalanish imkoniyatiga ega. “Elektron hukumat” tizimining mazkur mexanizmi vaqt, masofa, sarf-xarajatlardan yutish imkonini bermoqda.
Bundan tashqari, onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanilganda xizmat uchun to‘lanadigan davlat boji uchun
10 foiz imtiyoz taqdim etiladi.
Viloyatimizda 2020 yilning 1 martidan 2021 yilning 1 martiga qadar ushbu portal orqali 8 782 ta ariza tushgan.
Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa