Optik illyuziya: po‘rtanami yoki Poseydon?

Bor-yo‘g‘i to‘lqinmi yoki Poseydonning o‘zi odamlarga ko‘rinish berdimi? Fotosuratchi Matyo Rivrenning fotosurati millionlab internet foydalanuvchilarini hayajonga soldi.

Fotosuratchi buni Fransiyaning shimoli-g‘arbiy qismidagi Bretan mintaqasida Justin shtormi avj olgan paytda amalga oshirdi. Gigant to‘lqin qoyaga urilib, uzoqdan qadimgi yunon mifologiyasidagi dengizlar va okeanlar xudosining siluetiga o‘xshash shakl paydo qildi.

"Yomg‘ir... yorug‘lik zaif, kech kirayotgan edi. Biz uzoqda to‘lqinning ko‘tarilib, to‘g‘onga urilayotganini kuzatardik. Ulardan biri boshqalarga qaraganda juda baland ko‘tarildi. Bu bir soniya ichida sodir bo‘ldi".

Qahrli yuz ifodasi va hatto soqol-u toji namoyon bo‘lgan Poseydonni suratga olishga muvaffaq bo‘lish juda katta professional muvaffaqiyatdir.

O‘sha kuni kechqurun o‘nlab fotosuratchilar qirg‘oq bo‘ylab yurishdi. Ammo ulardan faqat biri stixiya kuchi va tabiat qudratini yetkazadigan surat olishga muvaffaq bo‘ldi.