Oqdaryo, Past Darg‘om, Urgut tumanlarida elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo, Past Darg‘om va Urgut tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, Oqdaryo tumanidagi “A.S.” MChJga qarashli oshxonada korxona ish yurituvchisi gaz plita va isitish qozonini gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulaganligi aniqlangan. Shuningdek, Past Darg‘om tumanidagi qurilish ishlarini olib borayotgan “Q.S.” MChJ hamda Urgut tumanidagi “U.K.” MChJ tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.