Oqdaryoda 4 bosh qoramolni o‘g‘irlab ketgan yigit ushlandi

Kecha, 5 oktyabr kuni Oqdaryo tuman IIBga tumanning Boshdarxon mahallasida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilgan, deya xabar beradi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.

Unda 2020 yil 2 oktyabr kuni soat 09:00 dan 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Boshdarxon qishlog‘i hududida joylashgan, fermer xo‘jaliklaridan birining yer maydonida bog‘langan, jami bahosi 33 million so‘mlik 4 bosh qoramolni noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida mazkur o‘g‘irlik Jomboy tumani Tut mahallasida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan F. tomonidan sodir qilinganligi aniqlanib, o‘g‘irlangan 4 bosh qoramol tegishli tartibda daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.