Oqdaryoda 48 oila uyli bo‘ldi

Bu xonadonlar tumandagi uy-joyga ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan shaxslarga uzoq muddatli imtiyozli kredit asosida berildi.

  14 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan uylarning boshlang‘ich to‘lovi (12 million so‘m) davlat tomonidan to‘landi.

  Yangi xonadonlarni o‘z egalariga topshirish marosimida viloyat va tuman hokimligi, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Uy egalariga tuman hokimligi va homiylarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

D.TO‘XTAYeV.