O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda fuqaro A.N. 2 nafar fuqaroni “Nukus innovatsion instituti” Samarqand filialiga 2-bosqichga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.