O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakatlanishi cheklanadi

Samarqand viloyati hokimining 2019 yil 28 sentyabrdagi “O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbirni yuqori saviyada nishonlash va tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahar hokimining farmoyishi qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Samarqand shahridagi “Mo‘’jiza” amfiteatrida o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazilishi munosabati bilan bugun, 30 sentyabr kuni soat 16:00 dan 20:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:

- Abdurahmon Jomiy ko‘chasining O‘zbekiston ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasi bilan tutashgan qismigacha;

- Bobur Mirzo ko‘chasining Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida.