O‘qituvchilar o‘quvchilarning telefonini olib qo‘yishi mumkinmi?
- 02.05.2019 20:45
- 1207
- Qonun va hujjatlar

Ta’lim muassasalarida mobil telefondan foydalanish tartibi buzilganda quyidagi ta’sir choralari qo‘llaniladi:
- ogohlantirish;
- ta’lim oluvchilarning kundalik daftariga yozib qo‘yish;
- ularning ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o‘tkazish uchun ta’lim muassasasiga chaqirish.
Talablar buzilganda har qanday pedagog xodim ta’lim oluvchidan mobil telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni mobil telefon bilan birga ta’lim muassasasi (fakultet) direktoriga (dekaniga) yoki sinf rahbariga (kuratorga) berish huquqiga ega. Bunda mobil telefon faqat o‘quvchining ota-onasiga qaytarib beriladi.
Ta’lim muassasasi ta’lim oluvchilarga tegishli bo‘lgan mobil telefonlarning saqlanishi uchun javob bermaydi, qoidalar buzilganda mobil telefonning olib qo‘yilish holatlari bundan mustasno, deb yozmoqda huquqiy axborot kanali.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Mustaqillikka 34 yil: Farovonlik manzaralari
- 42 daqiqa avval
- Jamiyat
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashiladi
- 1 soat avval
- Jamiyat