O‘qituvchilar uchun ham videodarslar tasvirga olinmoqda
Ta’til munosabati bilan Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining mart oyidagi tinglovchilarning malaka oshirish kurslari ham to‘xtatilganidan xabaringiz bor.
Ayni paytda hududiy markaz professor-o‘qituvchilari tomonidan barcha yo‘nalishlar o‘quv dasturlarida rejalashtirilgan kurs modullari bo‘yicha videodarslar tasvirga olinmoqda. Bu orqali xalq ta’limi xodimlarining dars mashg‘ulotlarini uzluksiz davom ettirishiga imkoniyat yaratilmoqda.
Bugungi kunga qadar tasvirga olingan videodarslar malaka oshirish hududiy markazining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinmoqda.
O‘qituvchilar videodarslardan @sammohm telegram va @sammoi feysbuk kanallari orqali tanishib borishlari mumkin.