O‘quvchisi ko‘rik-tanlov g‘olibi bo‘lgan paxtachilik o‘qituvchiga 20 mln. pul mukofoti topshirildi

Paxtachi tumanidagi 6-umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Chinnigul Ismatullayeva “Mening Prezidentim” ko‘rik-tanlovi respublika bosqichida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Kecha, 24 dekabr kuni uning maktabdagi ustoziga 20 million so‘m mukofot puli topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, ko‘rik-tanlov nizomiga ko‘ra, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar (1, 2, 3-o‘rin) 2022-2023 yoki 2023-2024-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-shartnoma asosida talabalikka qabul qilingan taqdirda, ularning 1-o‘rin sohibiga 4 yillik, 2-o‘rin sohibiga 3 yillik, 3-o‘rin sohibiga 2 yillik to‘lov-shartnoma mablag‘lari to‘lab beriladi.
Agar ko‘rik-tanlov g‘olibi grant asosida talabalikka qabul qilinsa 1-o‘rin sohibiga 4 yillik, 2-o‘rin sohibiga 3-yillik, 3-o‘rin sohibiga 2-yillik to‘lov-shartnoma mablag‘lari miqdorida mukofot beriladi.
1-,2-,3-o‘rinni egallagan g‘oliblarning umumta’lim muassasasidagi ustozlari mos ravishda 30 mln., 20 mln. va 10 mln. so‘m pul mablag‘lari bilan mukofotlanadi.