O‘rmon va qo‘riqxonalarni qanday asrayapmiz?

Yaqinda Rossiya federatsiyasining Perm shahrida qo‘riqxona va o‘rmonlarni asrashga bag‘ishlangan bir haftalik amaliy seminar o‘tkazildi.

“Chernayev” nomli o‘rmon xo‘jaligi shu shaharga deyarli tutashib ketganligi bois qushlarga in qurib berilgan, aholi va o‘rmonga keladigan sayyohlar tomonidan qushlar oziqlantirib borilarkan. Keladigan sayyohlarning ko‘pligidan qushlar odamlardan cho‘chimaydigan daraja yetgan, shu jihat tufayli ham sayyohlar oqimi doimiy ravishda o‘sib borarkan.   

Tadbirning ochilishida Perm o‘lkasi ekologiya vaziri, Rossiya Federatsiyasi ekologiya vaziri o‘rinbosari, boshqarma boshliqlari, soha mutaxassislari, o‘rmon, qo‘riqxonalar mutaxassislari ekologiya asrashga oid fikrlar bildirishdi.

Seminar davomida Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston va Belarus davlatlari qatorida biz ham “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i, yurtimizdagi hayvonot dunyosi, geografik joylashuvi haqida tushunchalar berdik. Seminar davomida yangi g‘oyalar, fikrlar almashinuvi bo‘ldi.

Shundan so‘ng Perm shahrining yashil belbog‘i bo‘ylab avtobusda ekspertlar bilan birgalikda sayohat uyushtirildi.

Seminar davomida ona sayyoramiz ekologiyasini, tabiatini, fauna va florasini asrab-avaylash mavzusida master-klaslarlar o‘tkazildi.

Erkin XOLMANOV.