Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘i oqdaryolik o‘qituvchilarga tavsiya bermoqda

Ayni paytda Oqdaryo tumanidagi 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabida islohotlar samaradorligini ta’minlash, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini  oshirish, ta’lim sifati nazoratini kuchaytirish, tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qo‘llash ishlarini tashkillashtirish, “Oila-mahalla-maktab-oliy ta’lim” hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan seminar tashkil etildi.

"Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik!"  shiori ostida tashkil etilgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Toshkenboyev, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i S.Usmonov va boshqalar viloyat maktablarida ta’lim sifatini oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tizimda zamonaviy uslublarni keng qo‘llash, o‘qituvchi bilim va malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratish yuzasidan taklif va tavsiyalar bermoqda.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.