Odamlar bugungidan ertaga yaxshiroq yashashni istaydi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasining mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta’lim muassasalari rektorlari, respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamda hududiy bo‘linmalari, davlat va nodavlat tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning har tomonlama komil inson bo‘lib voyaga yetishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, ulardan unumli foydalanish, yoshlarni chetdan kirib kelayotgan turli g‘oyalar ta’siridan asrash masalalarida so‘z yuritildi.
- Odamlar bugungidan ertaga yaxshiroq yashashni astaydi, bu baxt – milliy g‘oya ro‘yobining darajasini ko‘rsatadi, - deydi respublika Ma’rifat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘limi rahbari Xurshid Nurullayev. - Milliy g‘oya shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning olijanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni o‘z ichiga oladi. “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarimizda ham milliy g‘oyamizni aholi, xususan, yoshlar ongiga singdirishga harakat qilyapmiz.
Ulug‘bek KAMOLOV.