Ota-ona farzandining maktabda qanday o‘qiyotganidan qanchalik xabardor?
Samarqand shahridagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuqori sinfda o‘qiydigan o‘quvchilarning ota-onalari bilan o‘tkazilgan davra suhbatining asosiy mavzusi shu bo‘ldi.
Suhbat davomida o‘quvchilarning darslardagi ishtiroki, odob-axloq qoidalari, kiyinish va mobil telefondan foydalanish madaniyati haqida gap bordi. Bu borada ota-ona va o‘qituvchi o‘zaro nazorat va hamkorlikda bo‘lishi shartligi ta’kidlandi.
Shuningdek, suhbatda muassasadagi ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish borasida ota-onalar va o‘qituvchilarning roli haqida ham so‘z yuritildi.