O‘tgan yilda qancha o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi?

2018 yilda 268,1 ming nafar xorijlik va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini qabul qildi. Bu 2017 yilga nisbatan 4,5 foizga ko‘proqdir, deb yozmoqda O‘zA.

RIA Novosti Rossiya Inson huquqlari bo‘yicha vakilining yillik hisoboti ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda Rossiya fuqaroligini qabul qilganlarning katta qismini (95,3%) MDH mamlakatlari fuqarolari tashkil etgan.

Jumladan, 10,8 foiz O‘zbekiston fuqarolari Rossiya fuqaroligini qabul qilgan.

Hisobotda qayd etilishicha, 2018 yilda Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkovaga 652 ta fuqarolik masalalari bo‘yicha murojaat qilingan. Murojaatlarning aksariyati (92%) yaqin xorij mamlakatlar, asosan, Ukraina (27,5%), O‘zbekiston (10,8%), Armaniston (8,6%), Qozog‘iston (6,7%) va Tojikiston (5,9%) fuqarolaridan kelib tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada ayrim toifadagi xorijliklar uchun Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirtirilgan. Xususan, Qrim va Sevastopol hududida tug‘ilgan, doimiy yashagan hamda yarimorolni 2014 yil 18 martga qadar tark etgan shaxslar bunday imkoniyatga ega. Bundan tashqari, RSFSRda tavallud topgan va sovet fuqaroligiga ega bo‘lgan Afg‘oniston, Iroq hamda Suriya fuqarolari soddalashtirilgan tartibda fuqarolikni olish uchun murojaat qilishlari mumkin.