“Ovozi Samarqand” gazetasi tashabbusi bilan sport musobaqasi o‘tkazilmoqda

Samarqand shahridagi “Afrosiyob” sport majmuasida viloyat “Ovozi Samarqand” gazetasi tashabbusi bilan viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va viloyat an’anaviy karate-do sport turini rivojlantirish markazi hamkorligida fudokan karate-do bo‘yicha respublika turniri tashkil etildi.

1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni hamda “Ovozi Samarqand” gazetasi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan musobaqada sport sohasi faxriylari, faol yoshlar hamda sportchilarning yaqinlari ishtirok etmoqda.

Musobaqada samarqandlik yosh karatechilar bilan birga respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan 800 nafarga yaqin karatechilar turli yosh toifalarida bellashuvga kirishdi.

Saytimizni kuzatib boring, musobaqa yakuni bo‘yicha axborot beramiz.

Husan ELTOYeV.