Oyoq kiyimiga 40 ming dollarni yashirgan shaxs ushlandi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi «Do‘stlik» chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatga piyoda chiqib ketayotgan fuqaroning yonidan katta miqdordagi xorij valyutasi borligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, uning oyoq kiyimlarining har bir poyida 20 000 AQSh dollaridan – jami bir juft oyoq kiyimda 40 000 AQSh dollari ustamonlik bilan yashirilgani aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.