O‘zA qozoq tilida ham sahifa ochdi

O‘zbekistonda “Qozog‘iston yili”ning ochilishi munosabati bilan O‘zA veb-sayti sahifalariga ilk bor qozoq tili ham qo‘shildi. Bu esa O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarni to‘laligicha yoritish, azaliy yaqinlikni targ‘ib qilish, do‘stlik, hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash muhim qadamdir.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi qozoq tilida axborot bera boshladi. Bunday xushxabar qardosh, tomiri bir, tarixi, madaniy makoni bir xalqlarimizni yanada yaqinlashtiradi.

Ushbu yaxshi yangilik Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning O‘zbekistonga birinchi davlat tashrifi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelishi ham quvonarlidir.

O‘zbekistondagi “Qozog‘iston yili” muvafaqqiyatli o‘tishiga umid qilamiz va mana shunday o‘lkan yangilikka turtki bo‘lgan hamkasblarimizga zafarlar tilab qolamiz!

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zAda umumiy hisobda 9 ta tilda sahifa bor. Bular:

O‘zbek tili

Rus tili

Ingliz tili

Fransuz tili

Ispan tili

Nemis tili

Arab tili

Xitoy tili

Qozoq tili