O‘zbegim tojik bilan

Bugun – 22 aprel kuni Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi o‘zbek bo‘limi rahbari, Abulqosim Lohutiy nomidagi respublika mukofoti sohibi Sulaymon Ermatov «Zarafshon» gazetasi tahririyatiga tashrif buyurdi.

Mehmon jurnalistlarga qo‘shni respublikadagi ijtimoiy muhit, ikki millat madaniy va adabiy aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida gapirib berdi. Mehmonga samarqandlik adiblar to‘plamlari sovg‘a qilindi.

S.Ermatov tahririyatga Tojikiston davlati rahbarining taklifiga ko‘ra chop etilgan «Guftugo‘ az do‘sty dorem mo» («Biz do‘stlik haqida suhbatlashamiz») kitobini sovg‘a qildi. Unda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlari va ijodkorlar muloqotlari haqida materiallar, o‘zbek va tojik xalqlari do‘stligi mavzusidagi asarlar o‘rin olgan.

Bahora MUHAMMADIYEVA.