O‘zbek bug‘doyi yoxud hayotga mengzaluvchi ne’matni yetishtirishdagi ishlarga bir nazar

O‘tgan asrning 90-yillaridagi statistik xabarlarda mamlakatimiz dalalaridan — har gektardan 16 sentnerdan g‘alla hosili olingani haqida ma’lumotlar keltirilgani kechagidek esimda. Bevosita shu soha vakili, mutaxassisi, ilm odami sifatida bu meni ko‘p o‘ylantirardi: yetishtirilgan ushbu hosil kammi yoki yetarli?

To‘g‘ri, mustaqillikning dastlabki yilida O‘zbekiston aholisi qariyb 21 million kishi edi. Hatto o‘sha kezlari omborlarimizda bor-yo‘g‘i ikki haftaga yetadigan don zaxiramiz qolgani haqidagi xabarlarni ham eshitgan edik. Bu zudlik bilan zarur choralar ko‘rishni taqozo etadigan holat edi.

Hozir qariyb 40 millionga yaqinlashib qolgan O‘zbekiston xalqining to‘q va farovon, ahil, tinch hayotini kuzata turib, xayol beixtiyor o‘sha davrlarga ketadi. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, o‘zgarishlar samarasi qalbda shukrona tuyg‘usini uyg‘otadi. Chunki ortda qolgan yillar ichida, ayniqsa, g‘allachilikda erishilgan yutuqlarni boshqa biror sohada erishilgan muvaffaqiyat bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Zero, bug‘doy rizq-ro‘zimiz, to‘kin dasturxonimiz,xotirjamligimiz, osoyishta hayotimiz manbai. To‘y-tomoshalarimiz, oddiy kunimiz bebaho non bilan o‘tadi. Shukrki, bugun yurtimizda ushbu ne’mat yetarli. Samarqand noni, Xorazm noni, Qo‘qon patiri, Toshkent kulchasi va yana qancha-qancha non turi dasturxonimizda muhayyo. Hech kimda non tashvishi yo‘q.

Non - bebaho, ta’rifiga so‘z yetmaydigan, inson uchun tengi yo‘q qiymatga ega, muborak in’om. Uni hayotga mengzashga haqlimiz. “Avesto”da nonning tabarrukligi e’tirof etilib, bug‘doyga bunday ta’rif beriladi: “...Tuproqda bug‘doy o‘stirilganda devlar terga tushib qiynaladi. Qachonki, donni xirmonda sovurishga tushgandadevlar kuchsizlanib, ojiz holga tushadi. Qachonki uy bekalari qozonida undan ovqat pishira boshlaganida devlar qo‘rqqanidan shamoldek uchib g‘oyib bo‘ladi”.

Dalalarda boshini egib, sollanib turgan bug‘doy boshoqlarini fermer yoki dehqon 9-10 oy mobaynida dalada yelib-yugurib yetishtiradi. O‘ylab ko‘ring, yerga tushgan bir dona don non bo‘lguniga qadar qancha odam ter to‘kadi? Yerga tushgan don o‘z-o‘zidan nonga aylanib qolmaydi-ku!

Gapni nega uzoqdan boshladik. Chunki bugun dunyoning qaysidir joyida ocharchilikdan aziyat chekayotgan odamlar soni ikki barobar ortib, 1 milliard 600 milliondan oshib ketdi. Ekologiya, tabiat injiqliklari, turli ofatu talafotlar tufayli zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish ham ancha murakkablashib bormoqda.

Shu bois, O‘zbekistonda aholini oziq-ovqat bilan to‘la-to‘kis ta’minlash masalasi eng birinchi vazifa sifatida belgilab olingan va bu maqsaddagi sa’y-harakatlar samara bermoqda. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli dalalardazamonaviy texnologiyalar qo‘llanib, donyetishtirish hajmi yildan yilga oshib boryapti. Vaholanki, bir vaqtlar respublikamizda serhosil bug‘doy navi deyarli yo‘q edi. Shu bois, xashaki bug‘doy sifatida yaratilgan “Ulug‘bek-600” navi katta maydonlarga ekilardi. Ushbu navdan yopiladigan nonning xamiri tandirda turmay, oqib ketaverardi.

Bundan tashqari, dehqon tanlashi mumkin bo‘lgan “Bezostaya-1”, “Intensivnaya” navlari suvli yerda va “Qizil sharq”, “Surxak” kabi navlar lalmi maydonlarda ekilardi, xolos. Bugun esa respublikamiz dalalarida davlat reyestriga kiritilgan 76 ta yumshoq va 13 ta qattiq bug‘doynavi ekilib, yuqori hosil olinmoqda.Hosildorlikni gektariga 75-85 yoki 100 sentnerga yetkazayotgan fermerlarimiz safi kengayib boryapti.

Albatta, yuqori hosil olish zamirida katta mehnat yotadi. Yangi navlar yaratilishida soha olimlari, tajribali fermerlar hamkorligi samara beradi. Ana shu omilkorlik tufayli hozir Germaniyada gektaridan 75,3 sentnergacha, Fransiyada 68 sentnergacha, Misrda 64 sentnergacha,Xitoyda 57 sentnergacha bug‘doy hosiliyetishtiriladi. Bu borada rekordchilar ham yo‘q emas. Xususan, 2020 yilda yangi zelandiyalik fermer 1 gektar yerdan 174 sentner hosil olishga erishgan bo‘lsa, buyuk britaniyalik fermer mazkur ko‘rsatkichni 179,6 sentnerga yetkazgan.

Yurtimizda ham bug‘doydan yuqori hosil olish uchun qator ishlar qilinmoqda.

Avvalo, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun yangi qaror va qonunlar hayotga tatbiq etilmoqda. Sohaga xorij texnologiyasi izchil joriy qilinyapti. Chetdan keltirilgan serhosil, hasharot va kasalliklarga nisbatan chidamli bug‘doy navlari ekologik sinovlardan o‘tkazilmoqda. Pirovardida ishlabchiqarishga serhosil, yangi seleksion navlar kirib kelib, ular ekiladigan maydon 600 ming gektardan oshdi.

G‘alla hosildorligi ortishiga yana bir sabab shuki, fermer xo‘jaliklariga don yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘idan erkin foydalanish hamda xizmat ko‘rsatuvchi va resursyetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlash huquqi berildi. Donni davlat tomonidan xarid qilish va sotish narxi bekor qilinib, birja mexanizmi joriy etilgani g‘alla yetishtiruvchilar manfaatdorligini ta’minladi. Shuningdek, joriy yilda qariyb 5 mingga yaqin fermer 285 minggektar yerda o‘z mablag‘i hisobiga g‘alla yetishtirgani ham islohotlarning yorqin ifodasidir.

Bugun sakkiz qatorli texnikalardanfoydalanish g‘allani ekish jarayonini tezlashtirib, 12-14 kunda yakunlash imkoniniberdi. Binobarin, bu texnika oldingisi ikki kunda uddalagan ishni bir kunda bajaradi.

Respublikamizda BMTning Oziq-ovqat vaqishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilanbirgalikda yangi zamonaviy texnologiyalar ustida ishlanmoqda.

Mamlakatimizda g‘alla hosili yil sayin oshib borishida ilmiy muassasalar ham alohida o‘rin tutadi. Andijon viloyatidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti va uning respublika hududidagi ilmiy tajribastansiyalari, Qashqadaryodagi Janubiydehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Jizzax viloyatidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti shular sirasidan. Ularda faoliyat yuritayotgan seleksioner olimlar yuqori hosildor, ertapishar bug‘doy navlarini yaratsa, ikkinchidan, xorijdan keltirilgan, kasallik va hasharotlarga chidamli, serhosil navlarni respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirib, fermer xo‘jaliklari uchun tavsiya qilmoqda.

Paxtachi tumanidagi “Mirzayev Shuhrat Kenjayevich” g‘allachilik klasteri, Ishtixon tumanidagi “Ravot yangi yerlari”, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Begmurod Abdullayev kumush dalasi”fermer xo‘jaliklarida gektaridan 100 sentnerdan ortiq hosil olingani shunday sa’y-harakatlar samarasidir.

Bu borada andijonlik fermerlar hamyetakchilardan. Masalan, joriy yilda viloyatdagi “Durbek olmosi” fermyer xo‘jaligi hosildorlikni gektariga 95,6 sentnerga, “Oq buloq” fermer xo‘jaligi 98,7 sentnerga, “Obod diyor” fermer xo‘jaligi 98,4 sentnerga, “Egamnazarov Yorqinbekagro” fermer xo‘jaligi 95,6 sentnerga yetkazdi.

Qashqadaryo viloyatidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumanidagi “To‘rayev Sultonmurodbiy” fermer xo‘jaligiga tavsiya etilgan “Turon” navidan 80 sentnerdanortiq don hosili olindi. Umuman, respublika hududida 5 mingdan ortiq fermer xo‘jaligi 100 sentnerdan yuqori, 18 mingdan ortiq fermer xo‘jaligi 90 sentnergacha don hosili yetishtirgani e’tiborga molik.

Yaqinda Prezidentimiz Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Lola Murotova nomidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan kasb-hunar maktabi ochilishida ishtirok etdi. Ushbu marosimda men ham qatnashib, davlatimiz rahbariga g‘allakorlarimiz har gektardan 121 sentnergacha g‘alla yig‘ib olayotganini aytdim. Prezidentimiz “Hali bu marra emas, nasib qilsa, biz gektaridan 140-150 sentnerdan don olishga yangi texnologiyalar natijasida erishamiz”, dedi.

Chindan ham inson aql-zakovati, mehnati, g‘ayrati bilan ko‘zlangan maqsadlarga erishiladi. Qolaversa, mamlakatimizda fermer va dehqonlarni, g‘allakorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar izchil amaliyotga kiritilmoqda. Yangi texnika va texnologiyalar ishga tushirilyapti. Olimlarimiz sifatli va serhosil, turli stress omillarga chidamli navlarni yaratish uchun izlanishda. Hamkorlik, tajriba yaxshi yo‘lga qo‘yilayotir.

Doni borning noni bor. U xotirjam yashashga haqli. Zotan, dunyodagi eng yaxshi, o‘xshashi yo‘q hid yangi yopilgan non va tinch uxlayotgan go‘dak hididir. Dunyoda kuzatilayotgan turli vaziyatlar, global muammolar oziq-ovqat xavfsizligini asosiy masalaga olib chiqayotgan hozirgi davrda bu juda ahamiyatlidir.

Dilorom Yormatovaprofessor.