O‘zbekiston “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”da yuqoriladi
- 31.01.2023 17:21
- 69
- O‘zbekiston
"Transparency International" xalqaro tashkilotining “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”da O‘zbekiston 2022 yil natijalariga ko‘ra, 180 ta davlat orasida 126-o‘rinni egalladi.
"Bunday o‘sish qayd etilayotgani albatta yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida qilinayotgan ishlarning ijobiy samarasidir.
Shu bilan birga, ushbu reytingdagi o‘rnimizni yaxshilash va umuman, jamiyatda korrupsiyani yo‘q qilish uchun lobbizm, monopoliya va manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish, nepotizm, noqonuniy boylik orttirish, hokimiyatni suiiste’mol qilish hamda favoritizm kabi illatlarni bartaraf qilish ishlarini tezlashtirishimiz talab etiladi", deb yozgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov.
Ma’lumot uchun: 2021 yilda 140-o‘rinda edi, 2020 yilda 146, 2019 yilda esa 153-o‘rinda.