O‘zbekiston rekord hajmda piyoz eksport qildi

Mamlakat piyoz eksportiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilingan kundan deyarli 4 oy o‘tdi va u davrda ushbu mahsulot rekord hajmda tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

"EastFruit" tahlilchilari o‘zbek piyozining asosiy xaridorlari Qozog‘iston va Rossiya ekani va ular umumiy eksportning deyarli 90 foizini xarid qilgani qayd etgan.

Joriy yilning mart oyi o‘rtalaridan va iyun oyi oxirigacha tashqi bozorlarga 222,8 ming tonna piyoz jo‘natilib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 53 foiz o‘sishni tashkil qilgan.