Ko‘k piyozning foydali xususiyatlari

Ko‘k piyoz tarkibidagi fitonsidlar bakteriya va infeksiyalarga qarshi kurashadi. Qadimda dengizchilar ochiq dengizga chiqishdan avval quritilgan ko‘kpiyozni o‘zlari bilan olar ekan.

U kemada tarqalishi mumkin infeksion kasalliklardan himoyalagan. Hatto, quritilgan ko‘k piyoz tarkibida ham qon tomirlar devorini mustahkamlaydigan S darmondorisi saqlanib qolarkan.

Kimlarga mumkin emas: oshqozon-ichak va jigar xastaliklarining og‘ir ko‘rinishlaridan aziyat chekuvchi kishilarga bu ko‘katni ehtiyotkorlik bilan tanovul qilish tavsiya etiladi

Go‘zalligimiz uchun: ko‘k piyoz tarkibidagi tabiiy kerotin moddasi sochimiz tezroq o‘sishiga va mustahkam bo‘lishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, yangi ko‘k piyoz ishtahani ochadi va taomni ko‘rkam qiladi. Ko‘k piyoz ovqatni yaxshi hazm bo‘lishini ta’minlaydi. Ko‘k piyoz inson organizmi uchun zarur bo‘lgan mikroelementlar va proteinlar, shuningdek, provitamin A va RR, S vitaminlarni o‘z ichiga olgan.