O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasini tashkil qilish taklifini bergan talaba samarqandlik. U haqida bilasizmi?
U 2018 yilda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan 1-innovatsion qizlar sammitida g‘olib bo‘lgan. 2020 yilda maktabni oltin medal bilan bitirgan.
Marjona Samadova ayni paytda Samarqand davlat chet tillar institutida 1-bosqich talabasi.
Qayd etish lozimki, u bungacha Samarqand shahrida tashkil etilgan “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammitida, “Digital generation Uzbekistan” loyihasida, “Vatan do‘stlik va baxtli bolalalik uchun” shiori ostida o‘tkazilgan respublika anjumanida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
Shuningdek, “Osiyo yoshlari konferensiyasi”da faol ishtirok etgan.
O‘tgan yili Hindistonda o‘tkazilgan “International Congress on modern education, innovation and scientific development” konferensiyasida, shuningdek, “Internauka” jurnalida “Rol mejkulturniy kommunikatsii v izuchenii inostrannix yazikov” nomli maqolasi chop etilgan.
2020 yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyanomasi asosida Oliy ta’lim muassasasiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan Marjona Samadova “O‘zbekiston yoshlari forumi”da davlat rahbariga “O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasi”ni tashkil etish to‘g‘risida taklifi bergandi.
Bugun bu assotsiatsiyani Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti 3-bosqich talabasi Kamila Mardonova boshqarmoqda.