O‘zbekiston tovar xomashyo birjasida Ai-80 benzini narxi oshdi

O‘tgan haftada birja savdolariga 24 338,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 20 273,3 tonnasi, ya’ni 83,3 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 52 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha boshlang‘ich narxlari bir tonnasi uchun 5 294,0 ming so‘mdan 5 490,3 ming so‘mgacha yoki 3,7 foizga o‘sdi. Shu munosabat bilan AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha kunlik narxi ham bir tonna uchun 5 325,1 ming so‘mdan 5 557,1 ming so‘mgacha yoki 4,4 foizga ko‘tarildi, deya xabar bermoqda birja matbuot xizmati.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi 5 476,8 ming so‘mni, AI-91 – 6 203,9 ming so‘mni tashkil etdi.