O‘zbekiston — Turkiya: Mehnat va bandlik, qurilish, davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi va boshqa sohalardagi hamkorlik bo‘yicha hujjatlar imzolandi

Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik bosqichiga olib chiqishga qaror qilindi.
Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot imzoladilar.
Bundan tashqari, ikki mamlakat hamkorligini kengaytirishga qaratilgan 9 ta hujjat imzolandi. Jumladan:
➖ Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim;
➖ Davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnoma;
➖ Mehnat va bandlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
➖ Sud ekspertizasi sohasida hamkorlik memorandumi;
➖ Qurilish sohasida anglashuv memorandumi;
➖ Sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi;
➖ O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan Turkiyaning “Anadolu” agentligi o‘rtasida Hamkorlik bitimi.