O‘zbekistonda 11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi

Ushbu o‘zgarish IDP, British Council, Cambridge University Press & Assessment imtihonlariga ham amal qiladi. Qog‘ozda topshirish bekor qilinishi operativ sabablar bilan izohlanmoqda.
Ya’ni, O‘zbekistonda IELTS imtihoni savollarini tarqatishga urinish, sertifikat olish uchun turli noqonuniy yo‘llardan foydalanish ortidan bu imtihon endilikda faqat kompyuter orqali topshiriladigan bo‘ladi.
Oldinroq ro‘yxatdan o‘tganlar esa ixtiyoriy ravishda imtihon shaklini "computer based"ga o‘zgartirishlari yoki to‘lovni to‘liq qaytarib olishlari mumkin.