O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2026 yilda o‘tkaziladi

Statistika agentligi 2026 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi.

Loyihaga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar tashkil etiladi. Qonun loyihasi muhokamasi 6 noyabrga qadar davom etadi.

O‘zbekistonda 34 yildan buyon aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. Pandemiya sababli u 2022 yildan 2023 yil noyabriga ko‘chirilgandi.