O‘zbekistonda biologiya, ekologiya va qishloq xo‘jaligida qanday muammolar bor? Ularning yechimlari nimada?

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida shu mavzuga qaratilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston milliy universiteti professori L.G‘afurova, Qoraqalpoq tibbiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori S.Mambetullayeva, universitet rektori X.Yunusov, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Farmon Toshev, ekolog-ekspert To‘raxon Hoshimov va boshqalar mavzu yuzasidan fikrlarini bildirdi.
- Bugun ko‘tarilgan mavzu juda dolzarb, - deydi T.Hoshimov. – Buning yechimini ta’minlash uchun ilm-fan, innovatsiyalar va amaliyot o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish, bu borada ilmiy ish qilayotgan yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash kerak. Shuningdek, axborot vositalari orqali ekologik muammolarni keng yoritish, jamoatchilik e’tiborini bu masalalarga jalb etish zarur.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining ilmiy maqolalari, tadqiqot natijalari bilan chiqish qildi. Shuningdek, yosh olimlar uchun maxsus seksiyalar tashkil etilib, ularga o‘z iqtidorlarini namoyon etish imkoniyati berildi.
Konferensiya yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi va eng yaxshi ilmiy ishlanmalar e’tirof etildi.
Marvaridbonu Jumayeva.