O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha qariyb 2 ming kishiga oshmoqda
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 2023 yilning 1 aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan.
Respublikamizning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga oshgan. Shuningdek, mamlakatimiz aholisi 2023 yil boshidan buyon 172,8 ming kishiga ko‘paygan.
O‘zbekiston aholisi 2023 yilning har bir oyida o‘rtacha 57,6 ming kishiga oshgan.
"2023 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga ko‘paymoqda", deya xabar beradi agentlik.