O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘tgan yakshanba kuni O‘zbekistonda sovuq havo chekinib, janubiy g‘arbdan Turkmaniston hududi orqali iliq havo massalari kirib kelishi natijasida havo isishni boshladi.
Yerning harorati tez isib, ob-havo ochiq va quyoshli bo‘ldi.

Sinoptiklar ushbu ob-havoni payshanba kuniga qadar davom etishini bashorat qilishmoqda. Payshanba kuniga qadar havo harorati kunduzi +14 ... +19 gacha qiziydi. Bu dekabr oyining boshidagi o‘rtacha yillik ko‘rsatkichlardan 7-9 darajaga yuqori. Kechasi ham +4 ... + 9 gacha issiq bo‘ladi.

Juma kunidan boshlab ob-havo o‘zgaradi: Kaspiy dengizidan nam va salqin havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda. Bu esa harorat ko‘rsatkichlarini me’yorga yaqinlashtiradi.
Termometr ustuni juma kuni +9 ... +14, shanba kuni +7 ... +12 ni ko‘rsatadi. Kechasi, +2 ... + 7.
Joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shimoliy hududlarni hisobga olmaganda, shu kunlarda shamolning tezligi 15-20 m/s. gacha kuchayishi mumkin.