”O‘zbekistonda hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar kashf etmoqchimiz”: Shveysariya kompaniyasi rahbari Nil Ramsden YeTTBning Samarqanddagi anjumani haqida
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik anjumani chog‘ida Shveysariyaning «Business and Finance Consulting» guruhi rahbari Nil Ramsden tadbir haqda o‘z fikrlarini bildirgan.
- Kompaniyamiz allaqachon O‘zbekiston banklari bilan aloqa o‘rnatgan. Ushbu tadbirda qatnashish vositasida biz o‘zbekistonlik sheriklar bilan ham o‘zaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni kashf etmoqchimiz.
Biz, asosan, kichik biznesning umumiy manfaatlariga e’tibor qaratamiz, O‘zbekistonda ham bunga ham katta ahamiyat beriladi.
Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, YeTTBning yillik yig‘ilishi Samarqandda o‘tkazilayotgani ushbu xalqaro tuzilmaning O‘zbekiston iqtisodiyoti kelajagiga bo‘lgan ishonchidan dalolat beradi, deya Ramcdenning so‘zlarini keltirmoqda “Dunyo AA”.