O‘zbekistonda karantin yumshatilishi bilan yigitlar muddatli harbiy xizmatga otlandi

Kecha, 9 iyun kuni sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, harbiy libos kiygan chaqiriluvchilar hududlardan o‘z yigitlik burchini ado etish uchun muddatli harbiy xizmatga kuzatildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

6-7 iyun kunlari chaqiriluvchilardan SOVID-19ga test tahlillari olingan.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirlar karantin qoidalariga to‘liq amal qilgan holda, ularni bir martalik tibbiy niqoblar va qo‘lqoplar, antitseptik vositalar bilan ta’minlab, ijtimoiy masofalar  saqlanib, tana haroratlari tekshirilib amalga oshirildi.

Muddatli harbiy xizmatga ketayotgan yigitlar uchun temir yo‘l transportlarida alohida vagonlar ajratildi hamda har bir vagonda shifokorlar nazorati o‘rnatilib, chaqiriluvchilarni xizmat joyiga yetkazib borish belgilandi.

Chaqiriluvchilar yetib borgach, ular 14 kun davomida karantinda bo‘ladilar hamda shundan so‘ng barchasi ko‘ngildagidek ekanligiga ishonch hosil qilingach, mashg‘ulotlarga kirishiladi.