O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qayta ixtiyoriy emlanish boshlandi

Mamlakat bosh davlat sanitariya vrachining ko‘rsatma xatiga muvofiq, 2021 yil 17 noyabr kunidan boshlab to‘liq vaksina kursini olgan fuqarolar (2 yoki 3 marotaba emlanganlar) buster doza bilan ixtiyoriy emlanadi.

Ta’kidlanishicha, bu aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Xususan, hozirgi kunga qadar 6 turdagi 42 million 805 ming doza COVID ga qarshi vaksina keltirildi. Shuningdek, yil oxiriga qadar 5,6 million doza vaksina keltirilishi kutilmoqda.