O‘zbekistonda multiindikator klaster kuzatuvlari boshlandi. Bu bizga nima beradi?

O‘zbekistonda BMTning Xalqaro bolalar jamg‘armasi (UNICEF) tomonidan ishlab chiqilgan dastur bo‘yicha 2021 yil 5 apreldan 31- iyulgacha uy xo‘jaliklari bilan so‘rovnoma o‘tkazishga asoslangan multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS ) o‘tkazilishi belgilangan.

Bu dastur bolalar va ayollar holatini baholash maqsadida ko‘p ko‘rsatkichli ma’lumotlarni yig‘adi, onalar va bolalar bo‘yicha dunyo miqyosidagi eng yirik statistik ma’lumotlar manbasi ham hisoblandi.

O‘zbekistonda multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi vakolatli davlat organi etib belgilangan. Bunda qo‘mita YuNISEF bilan hamkorlikda multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazishi natijasida mamlakatda onalar va bolalar turmush tarziga oid statistik ma’lumotlarni yangilashga va ularni xalqaro ma’lumot bazalarida aks ettirishga erishiladi.

 MICS kuzatuvini o‘tkazishda aholining yashash sharoitlari, 15 dan 49 yoshgacha ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnomalar, 5 yoshgacha bolalar to‘g‘risida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq ma’lumotlar, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma’lumotlarni mamlakatlar miqyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi. Indikatorlardagi asosiy ko‘rsatkichlar o‘zgarishlarini yaxshiroq kuzatib borish hamda bolalar va ayollar masalalari bo‘yicha dasturlarni qabul qilish jarayonida, hukumat va boshqa hamkor tashkilotlarga yanada samarali xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

 Kuzatuv jarayoni O‘zbekiston bo‘yicha tanlab olingan 726 mahallada joylashgan 14 520 ta uy xo‘jaligida, jumladan, viloyatimizdagi 46 ta mahalla 920 ta uy xo‘jaligida, joylarga chiqilib respondentlar bilan shaxsan suhbatlashish orqali planshetlarda elektron ko‘rinishda yig‘iladi.

Viloyat statistikasi boshqarmasi axborot xizmati.