O‘zbekistonda prezidentlik sayloviga tayyorgarlik qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2021 yil 1 martdan Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlari boshlanadi. Bu haqda muhokama qo‘yilgan 2021 yilgi Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha aniq choralar belgilanadi. Dasturda:

- saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar bo‘yicha bilimlarini tizimli asosda shakllantirish;

- xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

- aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi.

Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, vazirlik va idoralar mazkur jarayonga mas’ul tuzilmalar etib belgilangan.