O‘zbekistonda salomatlik, atrof-muhit fakt va raqamlarda
- Keyingi yillarda xavfsiz bo‘lgan suv bilan ta’minlash shaharlarda 98 foizgacha, qishloq joylarda 87 foizgacha oshdi;
- Kishi boshiga ovqatlanish va oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishda mevalar ulushi 4 barobarga, sabzavotlar 2,6 barobarga, sut va sut mahsulotlari 1,6 barobarga, go‘sht mahsulotlari 1,3 barobarga, tuxum 2,2 barobarga yaxshilandi;
- O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi: ayollarda - 76 yosh, erkaklarda 72 yoshni tashkil etdi;
- Onalar o‘limi 21 nafardan 14 nafargacha (har 100 ming nafardan) kamaydi;
- Chaqaloqlar o‘limi 17 nafardan 6 nafarga tushdi (har 100 ming nafardan);
- 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 28 nafardan 12 nafarga (har 100 ming nafardan) pasaydi.
Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishida taqim etilgan "Atrof-muhit holati to‘g‘risidagi Milliy ma’ruza"dan.