O‘zbekistonda tug‘ilish kamaymoqda
O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 355,4 ming nafarga yetdi, ammo 9 oy yakunlariga ko‘ra, mamlakatda tug‘ilish 3,2 foizga qisqargan va 693 897 nafarni tashkil etgan.
O‘tgan yili shu davrda 716 885 tug‘ilish qayd etilgandi.
Shaharlarda tug‘ilish yuqoriroq sur’atda qisqarmoqda. Eng yuqori tug‘ilish ko‘rsatkichi Surxondaryoda, lekin tug‘ilish koeffitsiyenti 30,8 promilledan 29,0 promillega tushgan. Tug‘ilish ko‘rsatkichi eng past Qoraqalpog‘istonda, tug‘ilish koefffitsiyenti 21,8 promilledan 20,6 promillegacha sekinlashgan.