O‘zbekistondagi universitetlarga ham muddatidan oldin talaba bo‘lish mumkin
Ruxshona Qilichboyeva Samarqand shahridagi 16-umumta’lim maktabida 11-sinfda o‘qiydi. Yaqinda u ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha IELTS imtihonidan 6 ball oldi.
Ayni paytda Ruxshona Toshkent shahridagi Yaponiya Raqamlashtirish universiteti hamda Xalqaro Raqamlashtirish universitetlari imtihonlaridan yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, muddatidan oldin o‘qishga qabul qilindi.
Eslatib o‘tamizo‘, bugungi kunda O‘zbekistonda AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Singapur va Hindistonning yetakchi universitetlarining filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda. So‘nggi 6-7 yilda mamlakatimizda 10 dan ortiq yangi oliy ta’lim muassasasi hamda 20 ga yaqin nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtining filiallari tashkil etilgan.
Mamlakatimizdagi xorijiy va xususiy universitetlarda ham kuzgi, bahorgi va yozgi qabullar amalga oshirilmoqda.