O‘zbekistonlik go‘zal birinchi vitse-miss unvoniga sazovor bo‘ldi

Qozon shahrida “Navro‘z go‘zali-2021” tanlovi o‘tkazildi. Unda Tatariston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Boshqirdiston qizlari ishtirok etdi.

O‘zbekistonlik Yuliya Kim ushbu tanlovda birinchi vitse-miss unvoniga sazovor bo‘ldi.

G‘oliblikni qozog‘istonlik Karina Kabdullina qo‘lga kiritdi. Qirg‘izistonlik Diana Zulpuyeva ikkinchi vitse-miss unvoniga loyiq deb topildi.

Tatariston Respublikasi vakilasi Kamilla Ravilova bayramning “Eng kamtarona go‘zal” nomi bilan e’tirof etildi. Tojikistonlik Sabrina Borzova “Eng maftunkor”, boshqirdistonlik Yana Anvarova esa “Tomoshabin muhabbati” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.