O‘zbekistonlik muhojir ayol o‘ldirilishi oqibatida Turkiyada minglab ayollar tinch namoyish bilan ko‘chaga chiqdi

Istanbulning Shishli tumanida 37 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Durdona Hakimovaning jasadi chiqindi qutisida topilishi Turkiyada keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi.

Hodisa ortidan huquqni himoya qiluvchi idoralar gumonlanuvchilarni qo‘lga oldi, shu bilan birga ayollar huquqlarini himoya qiluvchi guruhlar Istanbul va Anqara ko‘chalarida tinch namoyishlar o‘tkazdi.

Bu fojia Turkiyada jamiyatni larzaga soldi. Minglab ayollar ko‘chalarga chiqdi. «Erkaklar zo‘ravonligi to‘xtatilsin», «Ayollar uchun adolat talab qilamiz», «Muhojir ayollar yolg‘iz emas» degan shiorlar yangradi. Faqat Istanbulning o‘zida 1000 dan ortiq inson norozilik marshida ishtirok etdi. Anqarada ham yuzlab odamlar yig‘ildi.

Namoyish ishtirokchilari zo‘ravonlikka qarshi kurashish, ayollar xavfsizligini ta’minlash va bunday jinoyatlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratishni talab qildi.