O‘zbekistonlik yurist Moskva tumanlararo prokurori lavozimiga tayinlandi

33 yoshli kichik adliya maslahatchisi Zafar Mahmudov Moskva Lefortovo tumani tumanlararo prokurori lavozimiga tayinlandi, deb yozmoqda Sputnik.

Zafar Mahmudov Buxoroda tug‘ilgan. U 2008 yilda Moskva davlat yuridik akademiyasini tamomlagan. 27 yoshida tuman prokuraturasiga rahbarlik qilgan. Siktivkar shahar prokurori yordamchisi bo‘lgan.

Keyinchalik Tver viloyati jinoiy-protsessual faoliyati ustidan nazorat bo‘limi prokurori, Kimr tumanlararo prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2014-2019 yillarda Kaluga viloyatining Meshov va Yuxnov tuman prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.